O‘zbekiston | 17:41 / 12.04.2018
40662
2 daqiqa o‘qiladi

Botir Zokirov va Kozim To‘laganov Qurilish vaziriga o‘rinbosar bo‘ldi

Bosh vazirning sobiq o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi sobiq raisi Botir Erkinovich Zokirov  Qurilish vaziri Abduqahhor To‘xtayevga birinchi o‘rinbosar bo‘lgan. Bu ma'lumot «Kun.uz» manbasi tomonidan tasdiqlandi.

Shuningdek, o‘z vaqtida Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga hokimlik qilgan, bosh vazirning sobiq o‘rinbosari Kozim Nosirovich To‘laganov Qurilish vaziriga o‘rinbosar etib tayinlangan.

Botir Zokirov/Kozim To‘laganov (chapdan o‘ngga)

Kozim To‘laganov 2017 yilning mayidan buyon  O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Arxitektura-qurilish nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgandi.

2 aprel kuni O‘zbekiston Qurilish vazirligi prezidentning «Qurilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni bilan tashkil etilgandi.

Biroz oldinroq Olmazor tumani hokimi Abduqahhor To‘xtayev yangi tashkil etilgan Qurilish vazirligiga rahbar etib tayinlangani xabar qilingandi.

Mavzuga oid