AQSh Suriyaga raketa hujumi boshlanganini rasman e'lon qildi
AQSh prezidenti Donald Tramp Suriyaga nisbatan raketa hujumi boshlanganini bildirdi. U bu haqda mahalliy telekanallar orqali chiqish qilib, amerikaliklarga axborot bergan.
Ma'lum qilinishicha, AQSh va uning ittifoqchilari tomonidan Suriyada qo‘llanilayotgan, degan shubha bilan topilgan kimyoviy qurollar ishlatilishiga qarshi Pentagon harbiy havo kuchlarini Suriyadagi Asad hukumatiga qarshi ishga solmoqda.
«Bu erkak kishining ishi emas, bular dahshatli jinoyat», deydi prezident Tramp Suriyadagi kimyoviy qurollarni ishlatilishini nazarda tutib. Davlat rahbarining aytishicha, raketa hujumini qo‘llagan AQShning ittifoqchilari ham urushga kirishgan: ular hozircha Fransiya va Buyuk Britaniya sanaladi.
«Kimyoviy qurollardan foydalanish to‘xtatilishi bilan Suriya hukumatiga qaratilgan bosim ham tugaydi», deydi Tramp.
AQSh yetakchisi Suriya ittifoqchilari - Rossiya va Eronga ham yuzlanib, «begunoh ayollar va bolalar o‘limi sababchi» bo‘lib qolmaslikka chaqirdi.
Mavzuga oid
21:08 / 25.12.2024
The Telegraph: Suriya sobiq prezidentining rafiqasi Asma Asad leykoz tufayli boshqalardan izolyatsiya qilindi
20:48 / 25.12.2024
Erdo‘g‘an Suriyadagi kurd qurolli guruhlarini «ko‘mishga» va’da berdi
19:47 / 25.12.2024
Al-Jo‘laniy isyonchi guruhlar qurollarini tashlashga roziligini e’lon qildi
19:00 / 25.12.2024