Suriya xalqaro hamjamiyatga talab bilan chiqdi
Suriya hukumati xalqaro hamjamiyatdan AQSh, Buyuk Britaniya va Fransiyaning raketa hujumini qoralashni talab qilmoqda. Bu haqda Suriya TIVdan xabar berishgan, deb yozyapti RIA «Novosti».
«Suriya xalqaro hamjamiyatdan bu tajovuzkorlikni qat'iy qoralashni talab qilmoqda, u jahondagi vaziyatning faqat yanada chuqurlashishiga olib keladi va dunyo xavfsizligiga tahdid soladi», - deya ma'lum qilishgan mamlakat Tashqi ishlar vazirligidan.
AQSh prezidenti Donald Tramp 14 aprel kuni Suriyaga nisbatan raketa hujumi boshlanganini bildirdi. AQSh va uning ittifoqchilari Suriyada kimyoviy qurollar ishlatilishiga javoban Asad hukumatiga qarshi harbiy amaliyot o‘tkazdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron TIV AQSh, Buyuk Britaniya va Fransiya tomonidan Suriya hududiga qarata berilgan raketa zarbalarini qat'iy qoralashi xabar qilingandi.