Jahon | 16:10 / 15.04.2018
6450
1 daqiqa o‘qiladi

Afg‘onistonda toliblar hujumi natijasida 4 nafar politsiyachi halok bo‘ldi

Foto: AFP / Jawed Tanveer

Afg‘oniston sharqidagi nazorat-o‘tish punktida "Tolibon" radikal harakati jangarilarining hujumi natijasida 4 nafar afg‘on politsiyachisi halok bo‘ldi, yana 5 nafari jabrlandi. 1TV telekanali rasmiylardan birining ma'lumotiga asoslanib, shu haqida xabar berdi. 

Manbaga ko‘ra, hujum G‘azniy viloyatining Jagatu tumanida ro‘y bergan. 

So‘nggi oylarda Afg‘onistondagi vaziyat sezilarli darajada yomonlashdi. Avval mamlakatning qishloq yerlaridagi katta hududga egalik qilgan "Tolibon" radikal harakati yirik shaharlariga hujum qila boshladi. Shuningdek mamlakat hududida IShIDning ta'siri kuchaydi.

Mavzuga oid