Jamiyat | 09:25 / 20.04.2018
10526
1 daqiqa o‘qiladi

Sho‘rchidagi paxta tozalash zavodi omborxonasida yong‘in yuz berdi

Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumanida yong‘in yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.

Ma'lum bo‘lishicha, 18 aprel kuni soat 05.00larda, Bobur mahallasi A.Temur ko‘chasida joylashgan “Sho‘rchi paxta tozalash” AJga qarashli paxta saqlash omborxonasida yong‘in sodir bo‘lgan. 

Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan. Yong‘in natijasida omborxona ostida bo‘lgan paxta tolasi mahsulotlarining bir qismi yonib zarar ko‘rgan. Jarohat olganlar yo‘qligi aytilyapti.

 

Mavzuga oid