Jahon | 08:28 / 21.04.2018
39078
2 daqiqa o‘qiladi

Putinning Trampga ilk qo‘ng‘irog‘i haqida yangi ma'lumot berildi

Foto: AP

AQSh prezidenti Donald Tramp 2017 yilning yanvarida milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Maykl Flinndan qattiq g‘azablangan, sababi u prezidentga Rossiya yetakchisi Vladimir Putinning qo‘ng‘irog‘i haqida kech xabar bergan. Bu haqda FQB sobiq rahbari Jyeyms Komi o‘z yozuvlarida aytib o‘tgan, ular AQSh kongressiga taqdim etildi, deb xabar bermoqda Associated Press manbalarga asosan.

The Guardian’ning aniqlik kiritishicha, hodisa Tramp Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey bilan tushlik qilayotganida ro‘y bergan. Amerika prezidenti Meyga u inauguratsiyadan so‘ng birinchi bo‘lib tabriklagani uchun minnatdorlik bildirdi.

O‘shanda suhbatga Flinn aralashib, birinchi bo‘lib aynan Putin tabriklash maqsadida qo‘ng‘iroq qilganiga aniqlik kiritgan. Shuningdek, u Kremlga javob qo‘ng‘irog‘i olti kunga kechiktirilganini ham qo‘shimcha qilib o‘tgan.

Komining ma'lumotlariga ko‘ra, Tramp bu so‘zlardan keyin shunday kechiktirish uchun qattiq g‘azablangan va Flinn sog‘lom aqlga ega emasligini ma'lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Suriyada Rossiya qo‘shinlari bilan yuz bergan «qattiq to‘qnashuv» haqida aytgandi.

 

Mavzuga oid