Jahon | 00:00 / 24.04.2018
18912
2 daqiqa o‘qiladi

Fotoreportaj: Yerevanda namoyishlarning so‘nggi kuni, harbiylar xalq bilan

23 aprel kuni Armanistonning sobiq prezidenti Serj Sargsyan bosh vazirlikka saylanganidan 5 kun o‘tib, lavozimini tark etdi. U 10 kun davomida namoyish o‘tkazgan arman xalqiga nisbatan «nohaqlik» qilganini tan oldi.

Uning taslim bo‘lishida 22 aprel kuni kechqurun poytaxtdagi Respublika maydoniga 100 ming kishi to‘planishi, yetakchi diniy ulamolar rahbarlari qo‘lga olingan namoyishchilarga rahbarlik qilishi, 23 aprel kuni esa harbiylar guruh-guruh bo‘lib namoyishchilar tomoniga o‘tib ketishi hal qiluvchi o‘rin tutdi.

Sargsyan iste'fosi haqida ma'lum qilgach, Yerevandagi namoyishchilar ko‘chalarni tark etmadi va bir-birini tabriklab, inqilobdagi g‘alabani nishonlay boshladi. Namoyishchilar rahbari Nikol Pashinyan ozod etildi va «g‘alaba mitingi»ga tayyorlana boshladi.

Keyingi kunlarda Yerevandagi namoyishlar xalqaro agentliklarning diqqat markazida turdi. Fotomuxbirlar g‘alaba lahzalarini ham kamera obektlariga muhrlashdi.

Foto: Vahram Baghdasaryan/Reuters
Foto: Vahram Baghdasaryan/Reuters
Foto: Vahram Baghdasaryan/Reuters
Foto: Vahram Baghdasaryan/Reuters
Foto: vk.com
Foto: vk.com
Foto: vk.com
Foto: vk.com
Foto: Vahram Baghdasaryan/Reuters
Foto: Vlad Dokshin / «Novaya gazeta»
Foto: AFP
Foto: Vlad Dokshin / «Novaya gazeta»
Foto: Vlad Dokshin / «Novaya gazeta»
Foto RFE/PL
Foto: AFP
Foto: Vlad Dokshin / «Novaya gazeta»
Foto RFE/PL
Foto: Instagram
Foto: Instagram
Foto RFE/PL
Foto RFE/PL
Foto AP
Foto: Sputnik
Foto: AFP
Foto: Vlad Dokshin / «Novaya gazeta»

Mavzuga oid