Jahon | 11:34 / 27.04.2018
9813
2 daqiqa o‘qiladi

KXDR va Janubiy Koreya o‘rtasidagi muzokaralarning birinchi bosqichi yakunlandi

Foto: Reuters

KXDR yetakchisi Kim Chen In va Koreya Respublikasi prezidenti o‘rtasidagi muzokaralarning ertalabki qismi yakunlandi, Shimoliy Koreya rahbari Janubiy Koreya hududini tark etdi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Ayni damda davlat rahbarlari tushlik uchun tanaffus olishgani aytilyapti.

Kim Chen In Shimoliy Koreya hududiga o‘z limuzinida qaytib ketgan. Xabar berilishicha, Shimoliy Koreya yetakchisining mashinasiga qo‘riqlash xizmati xodimlari hamrohlik qildi.

Foto: Reuters

Davlat rahbarlari sammit vaqtida Koreya yarim orolini yadrosizlantirish, mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilash istiqbollari, shuningdek ehtimoliy birlashuv masalasini muhokama qiladi. Kutilishicha, muzokaralar yakunlari bo‘yicha ikki tomonlama bitim imzolanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kim Chen In Janubiy Koreyaga o‘zi bilan mashhur pxenyancha grechka lag‘monni olib kelgani xabar berilgandi. U Koreyalararo sammit vaqtida Mun Chje Inni ushbu lag‘mon bilan siylamoqchi.

 

Mavzuga oid