O‘zbekiston | 01:19 / 09.05.2018
29383
2 daqiqa o‘qiladi

Bojxona qo‘mitasi rahbariyatida yangi tayinlov yuz berdi

Foto: UzReport

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 8 maydagi qaroriga muvofiq Anvar Damirovich Asamov Davlat bojxona qo‘mitasi Raisi o‘rinbosari etib tayinlandi. Polkovnik Asamovning lavozimga tayinlangani haqidagi ma'lumotni qo‘mita rasmiy vakili Kun.uz'ga tasdiqladi.

Ma'lum qilinishicha, Anvar Asamov qo‘mita tizimida Kadrlar bosh boshqarmasi, Kontrabandaga qarshi kurashish boshqarmasi, Maxsus qism, Oliy harbiy bojxona instituti, Milliy kinologiya markazi va Harbiy safarbarlik, favqulodda vaziyatlar va jangovar tayyorgarlik bo‘limi faoliyatini muvofiqlashtirib boradi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning fevral oyida qo‘mita rahbariyati tarkibida jiddiy o‘zgarishlar yuz bergan, jumladan O‘zbekiston Respublikasi Davlat Bojxona qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Raimov lavozimidan ozod etilgandi.

Mavzuga oid