Jahon | 20:44 / 11.05.2018
4387
1 daqiqa o‘qiladi

Gruziyaning sobiq bosh vaziri hukmron partiya raisi etib tayinlandi

Foto: RIA Novosti / Aleksandr Imedashvili

Gruziyaning “Gruziya orzusi” hukmron partiyasi 11 may kunidagi qurultoyida partiyaning yangi raisi nomzodini tasdiqladi: partiyaga uning asoschisi, tadbirkor Bidzina Ivanishvili raislik qiladigan bo‘ldi.

Aprel oxirida Gruziya bosh vaziri Georgiy Kvirikashvili “Gruziya orzusi” partiyasi raisi lavozimini tark etishini va bu lavozimni Ivanishvili egallashini aytgandi. “Gruziya orzusi” koalitsiyasi parlament ko‘pchiligi va yangi hukumatni shakllantirib, hokimiyat tepasiga 2012 yil noyabrda kelgan.

Qurultoyda shuningdek partiya siyosiy kengashining yangi tarkibi tasdiqlangan. Ivanishvili saylovlardan keyin bosh vazir lavozimini egallagan, biroq ma'lum vaqtdan keyin uni tark etib, “fuqarolik sektori”ga o‘tgan. Shunga qaramay, muxolifat vakillari Ivanishvili “mamlakatni boshqarishda davom etayotgani”ni bir necha bor aytib o‘tishgan.

Mavzuga oid