O‘zbekiston xalqaro reytinglarda qanday qilib ko‘tarilishi mumkin?
O‘zbekiston nufuzli xalqaro reytinglar va indekslarda o‘z pozitsiyalarini jiddiy ravishda oshirish, shuningdek bugungi kunda qayd etilmaydiganlarida o‘zini ko‘rsatish niyatida. Iqtisodiyot vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan, QHTBT portalida e'lon qilingan loyiha shundan guvohlik bermoqda.
Hujjatni ishlab chiquvchilar mamlakatimiz o‘z ko‘rsatkichlarini yaxshilash niyatida bo‘lgan xalqaro reytinglar va indekslarni tasnifladilar. Ularni shartli ravishda uchta: iqtisodiy, sud-huquq va ijtimoiy-siyosiy blokka ajratdilar.
Norma nashrida e'lon qilingan maqolada ularning har biriga batafsil to‘xtalib o‘tilgan.
Avvalo bizni u yoki bu reyting (indeks) nimani ifodalashi, uni tuzish uslubiyati (ya'ni qanday mezonlar baholanishi), O‘zbekistonning joriy pozitsiyasi va uni yaxshilash bo‘yicha xatti-harakatlar rejasi qiziqtiradi.
I. Iqtisodiy blok
a) Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining (IHTT) kredit reytingi. Ayni paytda 35 ta davlat IHTT a'zosi hisoblanadi. Tashkilot byudjyeti – 374 mln yevro.
1997 yilda Rasman qo‘llab-quvvatlanadigan eksport kreditlari bo‘yicha kelishuv (The Arrangement on Officially Supported Export Credits) ishtirokchilari mamlakatlarning kredit xatarini baholash uslubiyatini ishlab chiqib, davlatlarni ushbu uslubiyat bo‘yicha tasnifladilar. Uning xususiyati shundaki, ushbu tasnif faqat IHTT bilan kredit munosabatlari doirasida amalga oshiriladigan tranzaksiyalar uchun haqning eng kam stavkalarini aniqlash maqsadida qo‘llaniladi.
Shu sababli ikkita guruhdagi davlatlar umuman hech qanday jihatdan tasniflanmaydi. Birinchisi – juda kichik, odatda orol davlatlar bo‘lib, ular qoida tariqasida IHTTdan rasman moliyaviy ko‘mak olmaydilar (masalan, Kiribati, Mikroneziya, Nauru, Marshall orollari va h.k.). Ikkinchisiga IHTTga a'zo mamlakatlar va Yevrohududdagi iqtisodiy rivojlangan, bunday yordamga muhtoj bo‘lmay, balki aksincha, o‘zlari moliyaviy donor bo‘lib chiqadigan boshqa mamlakatlar kiradi.
Qolgan barcha mamlakatlar turli iqtisodiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha baholanadi (odatda XVF indikatorlari asos sifatida olinadi) va sakkizta guruhdan biriga kiritiladi. «0» guruhida bo‘lgan mamlakatlar – moliyaviy jihatdan eng farovon, oxirgi «7» guruhida esa iqtisodiy ko‘rsatkichlari eng past bo‘lgan davlatlar joylashgan.
So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra MDH mamlakatlari IHTT kredit reytingida quyidagicha joylashgan:
Ko‘rinib turganidek, so‘nggi yilda MDH mamlakatlari orasida faqat bittasi – Belarus reytingda ko‘tarila olgan. Unga ergashish maqsadida reytingni hisoblash uchun statistik bazani tayyorlash – mamlakatimizga XVF missiyasi tashrifini uyushtirish hamda statistik axborotni to‘plash, umumlashtirish, ishlov berish va e'lon qilish xalqaro tajribasini tahlil qilishni rejalashtirmoqdamiz. Shuningdek reytingimizni qayta ko‘rib chiqish uchun IHTTga a'zo mamlakatlarning eksport kredit agentliklari (EKA) bilan hamkorlikni faollashtirish zarur.
b) Jahon iqtisodiy forumining Global raqobatbardoshlik indeksi (The Global Competitiveness Index). 2004 yildan buyon tuziladi, bugungi kunda dunyodagi turli mamlakatlar raqobatbardoshligi ko‘rsatkichlarining eng to‘liq majmui sanaladi. 113 ta o‘zgaruvchan ko‘rsatkichni o‘z ichiga oladi, ularning 2/3 qismi kompaniyalar rahbarlarini global so‘rovdan o‘tkazish natijalarini, 1/3 qismi esa umumfoydalanishdagi manbalarni (statistik ma'lumotlar, tadqiqotlar natijalari va h.k.) aks ettiradi.
Bugungi kunda o‘tkazilgan so‘nggi tadqiqotlarga (The Global Competitiveness Report 2017–2018) ko‘ra MDH mamlakatlari orasida reytingdagi o‘rinlar quyidagicha taqsimlangan:
Bu O‘zbekiston umuman o‘rin olmagan, to‘plamdagi yagona tadqiqotdir. Shu sababli avval indeksga kirishga tayyorgarlik ko‘riladi – indikatorlarni baholash uslubiyati o‘rganiladi, bizda quyi baho olishi mumkin bo‘lganlari aniqlanib, tuzuvchilar bilan aloqa o‘rnatiladi. Navbatdagi bosqichda mamlakatimiz Kompaniyalar rahbarlari global so‘rovida qatnashib, o‘z bahosini oladi.
v) Jahon bankining «Biznes yuritish» (Doing Business) indeksi. Doing Business indeksidagi ko‘rsatkichlarimizni ko‘tarish uchun to‘rtta yo‘nalish bo‘yicha chora-tadbirlar majmuini amalga oshirish taklif etilmoqda:
- korxonalarni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonini takomillashtirish;
- kredit olish imkonini oshirish;
- «Qurilish uchun ruxsatnoma olish», «Mol-mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish», «Minoritar investorlarni himoya qilish» va «To‘lovga noqobillikni hal etish» singari reytingning boshqa komponentlarini takomillashtirish;
- Jahon banki bilan hamkorlik qilish.
g) Iqtisodiy erkinlik indeksi (Index of Economic Freedom). 1999 yildan buyon iqtisodiy jarayonlarni o‘rganish yakunlari bo‘yicha har yili tuziladi. The Wall Street Journal gazetasi bilan hamkorlikda Meros jamg‘armasi (The Heritage Foundation) tomonidan nashr etiladi.
Tadqiqotlar 10 ta nazorat ko‘rsatkichi: mulk huquqi, korrupsiyadan xolilik, fiskal erkinlik, hukumat ishtiroki, tadbirkorlik erkinligi, mehnat erkinligi, monetar erkinlik, savdo erkinligi, investitsiya erkinligi va moliyaviy erkinlikka asoslanadi. Har biri bo‘yicha 0 dan 100 ballgacha baho qo‘yilib, shundan so‘ng o‘rtacha qiymat hisoblab chiqariladi.
Shu tariqa, Iqtisodiy erkinlik indeksi bo‘yicha MDH doirasidagi to‘rtta mamlakat o‘rtacha erkin iqtisodiyotga (60 dan 70 ballgacha), oltitasi – ko‘p jihatdan erkin bo‘lmagan iqtisodiyotga (50 dan 60 ballgacha) kiradi, ular orasida bizning mamlakat ham bor va iqtisodiyoti erkin bo‘lmagan bitta davlat (50 balldan past) mavjud.
Loyiha mualliflarining fikricha, tashkiliy-uslubiy, statistik va normativ-huquqiy bazani takomillashtirish vaziyatni o‘nglash imkonini berishi kerak. Xususan, indeks tuzuvchilar bilan bevosita muzokaralar o‘tkazish uchun O‘zbekiston missiyasini yuborish, Iqtisodiy erkinlik indeksini oshirish maqsadida Xalqaro standartlarni implementatsiya qilish bo‘yicha konsepsiya ishlab chiqish va uni amalga oshirish rejalashtirilmoqda.
II. Sud-huquq bloki
a) Qonun ustuvorligi indeksi (The Rule of Law Index). 2010 yildan buyon The World Justice Project xalqaro nohukumat tashkiloti uslubiyati bo‘yicha muntazam (bir necha yilda bir marta) tuziladi.
Indeks kombinatsiyalangan ko‘rsatkich bo‘lib, ekspert manbalaridan va jamoatchilik fikrini so‘rash orqali olingan ma'lumotlar asosida hisoblab chiqariladi. Jami 8ta nazorat ko‘rsatkichi: hokimiyat institutlari vakolatlarini cheklash, korrupsiyaning yo‘qligi, tartib va xavfsizlik, asosiy huquqlar himoyasi, hokimiyat institutlarining shaffofligi, qonunlarga rioya etish, fuqarolik sohasidagi odil sudlov va jinoyat sohasidagi odil sudlov baholanadi.
Bugungi kunda o‘tkazilgan so‘nggi tadqiqotda (The World Justice Project: The Rule of Law Index 2017) MDH mamlakatlari quyidagicha taqsimlandi:
b) Korrupsiyaga munosabat indeksi (The Corruption Perceptions Index). 1996 yildan buyon Transparency International xalqaro nohukumat tashkiloti uslubiyati bo‘yicha har yili tuziladi. U umumfoydalaniladigan statistik ma'lumotlar va global so‘rov natijalari kombinatsiyasidan iborat. Tekshirilayotgan mamlakatlar davlat sektoridagi korrupsiya darajasiga munosabati asosida 0 dan (eng yuqori korrupsiya darajasi) 100 gacha (eng quyi korrupsiya darajasi) shkala bo‘yicha ranjirovka qilinadi.
So‘nggi e'lon qilingan tadqiqotda (Transparency International: The Corruption Perceptions Index 2017) MDHga a'zo davlatlar ko‘rsatkichlari quyidagicha bo‘ldi:
Sud-huquq blokining ikkala reytingida pozitsiyani oshirish bo‘yicha umumiy xatti-harakatlar rejasi tuzilgan. Unda quyidagilar nazarda tutilgan:
- tashkiliy-uslubiy bazani takomillashtirish;
- hokimiyat institutlarini demokratlashtirish;
- korrupsiyaga qarshi kurashish;
- asosiy huquqlarni himoyalash, tartib va xavfsizlikni ta'minlash;
- sud-huquq tizimida qonuniylikning yanada mustahkamlash.
III. Ijtimoiy-siyosiy blok
a) Matbuot erkinligi jahon indeksi (Worldwide Press Freedom Index). U 2001 yildan buyon milliy mass-media faoliyatidagi 43 ta asosiy ko‘rsatkichlarni tekshirish asosida har yili tuziladi. «Chegara bilmas reportyorlar» («Reportyory bez granits») xalqaro nohukumat tashkiloti tomonidan nashr qilinadi.
Ushbu tashkilotning 2017 yildagi tadqiqoti ma'lumotlariga ko‘ra MDH mamlakatlarida quyidagi manzara kuzatilmoqda:
Audio-, video- va bosma materiallarni tarqatish miqyosini yanada kengaytirish; qo‘shma media-loyihalarni amalga oshirish; xorijiy tillarda qisqa axborot materiallarini tezkor tayyorlashtizimini yaratish yuzaga kelgan vaziyatni o‘zgartirishda yordam beradi. Xorijiy sotsiologik markazlar bilan hamkorlik o‘rnatish, jurnalistikaga o‘qitishning yangi dasturlarini joriy etishga ehtiyoj borligi ham qayd etildi;
b) Jahon mamlakatlarining demokratiya indeksi (The Democracy Index). Bu 2006 yildan buyon muntazam o‘tkazilayotgan siyosiy jarayonlar global tadqiqotidir. Yakunlar bo‘yicha reyting shakllantiriladi, uning uslubiyati muallifif Britaniyadagi The Economist Intelligence Unit tadqiqot markazi (Angliyadagi Economist jurnalining tahlil bo‘linmasi) hisoblanadi.
Reyting qisman ekspert baholariga va tegishli mamlakatlar aholisi orasida o‘tkazilgan jamoatchilik fikri so‘rovi natijalariga asoslangan. Saylov jarayoni va plyuralizm, hukumat faoliyati, siyosiy ishtirok, siyosiy madaniyat, fuqarolik erkinliklari toifalariga birlashtirilgan 60 ta asosiy ko‘rsatkichdan shakllantiriladi.
MDH mamlakatlarining joriy ko‘rsatkichlari (Democracy Index 2017. Free speech under attack):
MDH davlatlari bo‘yicha demokratiyaning yuqori indeksi yaqin o‘tmishda «rangli inqiloblar»ni boshidan kechirgan mamlakatlarga tegishliligi kishini bezovta qiladi. Ushbu dalil bilan mamlakatning reytingdagi o‘rni o‘rtasida bog‘liqlik bo‘lsa, tadqiqot siyosiy tusga ega bo‘lib, vaziyatni xolisona baholamasligi ko‘rinib qoladi.
Shunga qaramay, O‘zbekiston demokratiyasi indeksini oshirish uchun reytingdagi barcha beshta toifa bo‘yicha chora-tadbirlar «yo‘l xaritasi» loyihasiga kiritilgan. Ular sirasiga, masalan, saylov to‘g‘risidagi qonunchilikka tuzatishlar kiritish, ayrim hujjatlar mohiyati va mazmunini jahon jamoatchiligiga ma'lum qilish va boshqalar kiradi;
v) BMT Rivojlanish dasturining Inson rivojlanishi indeksi. 1990 yildan buyon belgilanadi (2013 yilgacha – Inson salohiyati rivojlanishi indeksi). Uning doirasida uchta asosiy ijtimoiy omil: kutilayotgan yashash davomiyligi, ta'lim va yalpi milliy daromad bo‘yicha ko‘rsatkichlar baholanadi.
So‘nggi e'lon qilingan tadqiqotlarga ko‘ra (United Nations Development Programme: Human Development Index 2016) MDH mamlakatlari quyidagi ko‘rsatkichlarga ega:
IRIni oshirish bo‘yicha ish rejasida – aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik (avvalgisi 1989 yilda o‘tkazilgan) va multi-indikator klaster tadqiqoti o‘tkazish bor.
Yakun chiqaramiz
Ijobiy o‘zgarishlar o‘zini namoyon etmoqda. Amaldorlar so‘zlarini real xatti-harakatlar bilan tasdiqlab qolmay, balki ishlar miqyosini ham ancha kengaytirmoqdalar. Misol uchun, avvalgi loyihalardan birida ham faqatgina bitta xalqaro reyting doirasida ancha katta maqsadlar belgilangan edi. Hozir esa ularning soni to‘qqiztaga yetdi!
Biroq taqdim etilgan «yo‘l xaritasi» loyihasi biroz qo‘shimcha ishlov berishni taqozo etadi. Muallifning fikricha, mamlakatimiz har bir xalqaro reyting/indeks bo‘yicha qanday maqsadlarga erishmoqchi ekanligini aniq raqamlarda ko‘rsatgan ma'qul. Shunda ayrim xatti-harakatlarning amalda bajarilishi bilan emas, balki ayni prognoz parametrlari bilan bog‘langan muddatlarni ham ko‘rsatish mumkin bo‘ladi. Masalan: «dastlabki bosqichda O‘zbekistonning Iqtisodiy erkinligi indeksini 8,5 bandga oshirib, 2018–2019 yillar davomida o‘rtacha erkin iqtisodiyotga ega mamlakatlar guruhiga kirish» va h.k.
Bu, birinchidan, vazifalar va ularni ijro etish muddatlari haqida aniq tasavvurga ega bo‘lish, ikkinchidan esa, mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishni monitoring qilish samaradorligini yanada oshirish imkonini berar edi.
Oleg Zamanov
Mavzuga oid
16:33 / 25.11.2024
O‘zbek ayollarini haqoratlagan turkiyalik stendapchi: unga qarshi Istanbul prokuraturasiga ariza topshirilgan
19:32 / 07.11.2024
Tramp O‘zbekiston bilan munosabatlarni qanday olib boradi?
17:48 / 06.11.2024
«O‘zbekiston qit’alarimiz chorrahasida joylashgan va global aloqalarimiz markazida bo‘lishi lozim» - Ursula fon der Lyayyen
21:49 / 04.11.2024