Sport | 16:20 / 15.05.2018
6914
1 daqiqa o‘qiladi

Bokschi Alvares WBC reytingidan chiqarildi

Foto: Sports Illustrated

Butunjahon boks kengashi (WBC) meksikalik Saul Alvaresni o‘z reytingidan chiqarib yubordi. 

Tashkilot prezidenti Maurisio Sulaymonning tvitterdagi sahifasida xabar berishicha, bunday qaror sportchi «Toza boks» dopingga qarshi dasturiga kirishdan bosh tortgani sababli qabul qilindi.

«U reytingdan «Toza boks» dasturida ishtirok etishdan bosh tortgani uchun chiqarib tashlandi. Bu qoidalarda ham yozib qo‘yilgandi.

U dasturning bir qismiga aylanishga rozi bo‘lishi bilan reytingga qaytariladi», - deya yozgan Sulaymon.

Alvares avvalroq bir yilga chetlashtirilgandi, bunga uning doping-namunasi klenbuterodga ijobiy natija bergani sabab bo‘ldi. Keyinchalik bu muddat qisqartirildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xalqaro boks assotsiatsiyasi o‘z saytida tashkilotning vaqtinchalik prezidenti G‘ofur Rahimov rasmiy bayonotini e'lon qilgandi.

Mavzuga oid