Jahon | 02:12 / 18.05.2018
36094
2 daqiqa o‘qiladi

HRW: Xitoylik amaldorlar musulmonlarni kuzatib, uyda birga yashashmoqda

Joriy yil boshidan buyon taxminan ikki million nafar yaqin xitoylik amaldor har ikki oyda bir marta musulmon oilalar istiqomat qilayotgan xonadonda yashab chiqdi. Mutasaddilar oiladagi ijtimoiy-diniy iqlimni kuzatadi, oila a'zolarining siyosiy qarashlarini tahlil qilib, hukumatga hisobot tayyorlaydi, deb yozadi Human Rights Watch tashkiloti. 

Tashkilot ma'lumotiga ko‘ra, ushbu dastur 11 million musulmon istiqomat qilayotgan Xitoyning Sintszyan-Uyg‘ur avtonom hududida faollashtirilgan bo‘lib, "Becoming family" (Oila bo‘lamiz) nomi bilan ataladi. Dasturdan ko‘zlangan maqsad - etnik kamchilik tashkil qiluvchi xalqlarni umumiy xitoy madaniyatiga assimilyatsiya qilish. 

HRW xitoylik amaldorlar mahalliy aholini majburan mandarin (xitoy) tilini o‘rganishga undayotgani, davlat madhiyasini kuylatayotganiga ishonadi. 

2014 yil dastur ilk marta amaliyotga tatbiq etilgan payt, 200 ming mutasaddi xodimlar oilalarga muntazam tashrif buyurishni boshlagandi. 2017 yil dekabrga kelib, ularning soni millionga yetdi. 

Odatda Xitoy hukumati jamoat xavfsizligini ta'minlash uchun texnologik yechimlardan foydalanadi. Masalan, jinoyatni sodir etganlikda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan shaxsni topish uchun 60 ming kishi orasidan ham yuzni aniq taniy oladigan kameralarni ishga soladi.

Mavzuga oid