Jahon | 20:31 / 20.05.2018
20450
2 daqiqa o‘qiladi

IShID Grozniydagi qurolli hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi

Foto: RIA Novosti/ Said Tsarnayev

IShID terrorchi tashkiloti Grozniydagi pravoslav cherkovi oldida amalga oshirilgan hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. Terrorchilar faoliyati monitoringi bilan shug‘ullanuvchi SITE Intelligence Group tadqiqot tashkiloti saytida shu haqida ma'lum qilindi.

"IShIDning Kavkazdagi bo‘limi Checheniston poytaxtidagi Mixail Arxangel cherkovida amalga oshirilgan hujumni o‘zining yutug‘i deb hisoblaydi", - deyiladi materialda. Saytda bundan boshqa izoh berilmagan.

19 may kuni Grozniy shahrida Mixail Arxangel cherkoviga hujum amalga oshirildi. Yovuz niyatli kimsalar ibodatxonaga kirishga urinib, deraza va eshiklarni sindirishgan, biroq odamlar inshootda yashirinishning uddasidan chiqishgan. Hujum qilganlar 4 nafar bo‘lgan va ular o‘qotar qurollar hamda pichoqlar bilan qurollangan bo‘lgan. Ular ibodatxonadagi kishilarni asirlikka olmoqchi bo‘lishgan.

Cherkov xodimining so‘zlariga ko‘ra, hujum qilganlar "Allohu akbar" deya qichqirishgan. Maxsus operatsiya natijasida ularning bari voqea joyida o‘ldirilgan. Shuningdek hujum davomida ikki politsiyachi va Chechenistonga qarindoshlarini izlab borgan o‘zbekistonlik Artemiy ismli shaxs ham halok bo‘lgan. 

Mavzuga oid