Jahon | 15:45 / 21.05.2018
8240
1 daqiqa o‘qiladi

Paragvay Al-Qudsda elchixonasini ochdi

Foto: REUTERS/Ronen Zvulun

Paragvay mamlakatning Isroildagi elchixonasini Tel-Avivdan Al-Qudsga ko‘chirdi. Bu haqda Reuters xabar qilmoqda.

Ta'kidlanishicha, bu AQSh va Gvatemaladan so‘ng shunday qarorga kelgan uchinchi davlat bo‘ldi.

Elchixonaning ochilish marosimida Paragvay prezidenti Goratsio Kartes hamda Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu ishtirok etdi.

Avvalroq, 10 mingga yaqin falastinlik Isroil bilan G‘azo sektorining ma'muriy chegarasi hududida to‘plangani xabar qilingandi. Ayrim namoyishchilar chegara to‘sig‘idan o‘tishga urindilar. Bundan tashqari, Al-Qudsda AQShning yangi elchixonasi ochilishi falastinliklarning noroziligiga sabab bo‘ldi. G‘azo sektorining ma'muriy chegarasida sodir bo‘lgan tartibsizliklarda halok bo‘lganlarning soni 60dan oshib ketdi, 2400dan ortiq falastinliklar yaralandi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Al-Quds ishlari bo‘yicha vazir Falastin bilan nizo qanday shartda to‘xtashini aytgandi.

Mavzuga oid