Jahon | 22:12 / 22.05.2018
7018
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoydagi masjidlarda davlat bayroqlarini osib qo‘yish taklif qilindi

Xitoy islom jamiyati mamlakat musulmon jamoalarini masjidlar binolarida Xitoy bayroqlarini osib qo‘yish va musulmonlar orasida tushuntirish ishlari olib borishga chaqirdi.  Bu haqda Xitoyning Global Times nashri xabar berdi

Xitoy Islom jamiyatining ta'kidlashicha, masjidlar faoliyati diniy tartib-qoidalarga va Xitoy qonunchiligiga to‘g‘ri kelishi kerak. 

Xitoyda yashovchi 56 etnik guruhdan 10 tasi musulmonlar hissasiga to‘g‘ri keladi, bular qirg‘izlar, qozoqlar, uyg‘urlar, tojiklar, o‘zbeklar bo‘lib, ular asosan Xitoyning shimolida yashaydilar.

Xitoydagi musulmonlarning katta qismi Sintszyan-Uyg‘ur va Ninsya-Xuey avtonom tumanlarida yashaydi.

Mavzuga oid