Jahon | 01:10 / 26.05.2018
12509
3 daqiqa o‘qiladi

Twitter asoschisi noutbukdan foydalanmasligining sababini tushuntirdi

Foto: BLOOMBERG VIA GETTY IMAGES

Twitter asoschisi va rahbari Jyek Dorsi Avstraliyada jurnalistlar bilan suhbatda noutbukdan foydalanmasligini aytgan, chunki unda uning o‘zi yo‘q. “Men barcha ishni telefonda qilaman”, deb tushuntirgan Dorsi. U hattoki matnlarni ham yozishda telefondagi ovozli kiritishdan foydalanadi.

Dorsining fikricha, kompyuter va telefonlar insonning butun vaqtini olishi mumkin, chunki ularda juda ko‘p qiziq narsalar yashiringan. Bu yuz bermasligi uchun esa Dorsi bir nechta narsalarni odat qilgan: ertalab ishga chiqmaguncha telefonni tekshirmaydi, ishlashi kerak bo‘lsa, barcha ogohlantirishlarni o‘chirib qo‘yadi. 

Dorsining tushuntirishicha, ogohlantirishlarsiz telefon ekrani bir dastur bilan egallangan bo‘ladi va unga kiruvchi xabarlarga javob berishga to‘g‘ri kelmaydi. “Men noutbukdagi bo‘lgani kabi ko‘z oldimda doimo sakrab chiqib keladigan xabarlar o‘rniga oldimdagi narsaga to‘liq e'tiborimni mujassamlay olaman”, deb qo‘shimcha qilgan Dorsi. 

Dorsi yig‘ilishlar vaqtida chalg‘imaslik uchun gadjyetlarni uzoqroqqa olib qo‘yishni tavsiya qilmoqda. “Uchrashuvlarda biz e'tiborni jamlay olish va bir soatni shunchaki emas, balki mazmunli o‘tkazish uchun telefonlarni olib qo‘yamiz va noutbuklarni yopib qo‘yamiz” deb aytgan Dorsi. Uning fikricha, agar kompyuter va telefonlar yoqiq bo‘lsa, yig‘ilish barcha chalg‘igani sababli benaf o‘tadi.

Dorsi xavfsizlik va shaxsiy ma'lumotlarni himoyalash haqida gapiriladigan bo‘lsa, bunda muhimi doimo shu narsani yodda tutish kerakligini aytgan. U barcha foydalanuvchilarga o‘zlarining barcha akkauntlarida ikki faktorli  autentifikatsiyani yoqib qo‘yishni tavsiya qilgan. “Bilaman, bu azobdir, biroq juda muhim”, deb aytgan Dorsi. 

Mavzuga oid