Jamiyat | 22:21 / 30.05.2018
27906
3 daqiqa o‘qiladi

Jizzax viloyatiga general-polkovnik Zokirjon Almatov tashrif buyurdi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri maslahatchisi, general-polkovnik Zokirjon Almatov mas'ul xodimlar bilan birga Jizzax viloyatiga tashrif buyurdi. Bu haqda Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati KUN.UZ’ga xabar bermoqda. 

Foto: Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati
Foto: Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati

Ikki kun davom etgan tashrif chog‘ida, ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining maslahatchisi general-polkovnik Zokirjon Almatov rahbarligidagi ishchi guruh Jizzax shahridagi 2-sonli ichki ishlar bo‘linmasi, Jizzax shahridagi militsiya tayanch punktlarida ichki ishlar organlari xodimlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasida yaratilgan sharoitlar bilan ham tanishib, viloyat IIB huzuridagi gospitalning ochilish marosimida qatnashdi.

Foto: Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati
Foto: Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati

Jizzax viloyati hokimligining majlislar zalida tashkil etilgan yig‘ilishga shahar va tumanlar ichki ishlar bo‘limlarining boshliqlari, sohaviy rahbarlar, profilaktika inspektorlari, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari, Yoshlar ittifoqi faollari hamda mutasaddi tashkilot rahbarlari taklif etildi.

Yig‘ilishni Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev boshqarib bordi.

Foto: Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati
Foto: Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati

Tadbirda huquqbuzarliklarning oldini olishga, militsiya tayanch punktlari faoliyatini jonlantirishga, mahallalarda jinoyatchilik holatlarini kamaytirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

Hech kimga sir emas, olib borilayotgan chora-tadbirlarga qaramay, ayrim jinoyat turlari, xususan, o‘z joniga qasd qilish, o‘g‘rilik, bezorilik, ayollar o‘rtasidagi jinoyat ko‘payib bormoqda. Bu kabi salbiy holatlarning oldini olish esa nafaqat soha xodimlari, balki jarayonga keng jamoatchilikni ham jalb etishni talab qiladi. Yig‘ilishda ayni masala yuzasidan tanqidiy fikrlar bildirilib, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.

Mavzuga oid