Jamiyat | 18:13 / 31.05.2018
23060
1 daqiqa o‘qiladi

82 yashar otaxonning tomorqasida 56 kilo ko‘knori ekilgani aniqlandi

Samarqand viloyat IIB xodimlari 82 yoshli otaxonning uyida saqlanayotgan 56 kg giyohvandlik vositasini aniqladi.

Viloyat hududida o‘tkazilayotgan «Qora dori–2018» tadbiri davomida Ishtixon tumani «Barlos» MFYga qarashli Hasan-Husan qishlog‘ida yashovchi, 1936 yilda tug‘ilgan fuqaro A.S.ning yashash uyi va yordamchi xo‘jalik tomorqasi ko‘zdan kechirilganida, yashash uyini orqa tomonidagi uzumzorining 33 kv.m maydonida jami 375 tup ko‘knor giyohvandlik o‘simligini ekib, parvarishlab kelayotganligi, shuningdek, yashash uyi va og‘ilxonasining chordoqlarida yoyib, quritilayotgan jami 56 kilogramm o‘tkir hidli, yashil rangli, «ko‘knor» giyoxvandlik moddasi borligi aniqlandi.

Foto: Samarqand viloyat IIB
Foto: Samarqand viloyat IIB

Mazkur holat yuzasidan Ishtixon tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid