Jahon | 14:28 / 05.06.2018
6943
1 daqiqa o‘qiladi

«G‘oyib bo‘lgan prezident». Bill Klinton triller yo‘nalishidagi romanni taqdim etdi

Foto: Steve Sands/Bauergriffin.Com

AQSh sobiq prezidenti Bill Klinton yozuvchi Jyeyms Patterson bilan birgalikda «G‘oyib bo‘lgan prezident» romanini taqdim etib, badiiy adabiyotda o‘zining ilk qadamini qo‘ydi.

Press Herald’ning yozishicha, kitob syujyeti markazida - dahshatli kiberhujumning oldini olish maqsadida g‘oyib bo‘lishga qaror qilgan davlat rahbari.

Triller yaqin kunlar ichida savdoga chiqariladi. Pattersonning so‘zlariga ko‘ra, voqealarning aksariyat qismi Oq uyda kechadi, prezidentni u yerdan yashirin ravishda olib chiqish kerak - aynan shu yerda Klintonning bunday nozik jihatlardan xabardorligi qo‘l kelgan.

Bill Klinton - belletristikada ilk qadamlarini qo‘ymoqda, biroq unda nashr etilgan kitoblari ham bor, masalan, «Mening hayotim» avtobiografiya-bestselleri.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh sobiq prezidenti Klinton Rossiyadan nega darg‘azab bo‘lganini aytgandi.

Mavzuga oid