Sport | 10:23 / 10.06.2018
10961
1 daqiqa o‘qiladi

Britaniyalik bokschi Fyuri 2,5 yil ichidagi ilk jangida zafar quchdi

Foto: Reuters /Andrew Couldridge

O‘ta og‘ir vazn toifasida 3 ta versiya bo‘yicha sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri 2,5 yillik tanaffusdan keyin ringga zafarli qaytdi. U Manchesterda o‘tgan 10 raundlik reyting jangida albaniyalik Safar Safariy ustidan 4-raundda texnik nokaut bilan g‘alaba qozondi.

Fyuri bungacha oxirgi jangini 2015 yil noyabrda ukrainalik Vladimir Klichkoga qarshi o‘tkazgandi va hakamlar qarori bilan IBF, WBA va WBO chempionlik kamarlarini qo‘lga kiritgan. Keyinroq u IBF kamaridan mahrum etilgandi.

2016 yil yozida bokschining doping-namunasida kokain moddasi borligi aniqlangan va o‘sha yilning oktabrida u bokschilik litsenziyasidan mahrum etilgan. Uning litsenziyasi joriy yil aprelida tiklandi. 

Endi 29 yoshli Fyurining hisobida 26 ta jangda 26 ta g‘alaba bor. 39 yoshli Safariy esa faoliyatidagi  23 ta g‘alaba bilan birga 2-mag‘lubiyatga uchradi.

Mavzuga oid