Golovkin va Alvares o‘rtasidagi revansh qachon bo‘lib o‘tishi ma'lum
Qozog‘istonlik Gennadiy Golovkin va meksikalik Saul Alvares o‘rtasidagi boks jangi 15 sentabr kuni bo‘lib o‘tadi. Ular 72,6 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida ringga chiqishadi.
«Jang 15 sentabr kuni bo‘lib o‘tishini xabar qilishdan xursandman», - deya yozgan meksikalikning promouteri Oskar De La Xoyya tvitterdagi sahifasida.
Avvaliga qozog‘istonlik bokschining meksikalikka qarshi jangi Las-Vegasda 5 may kuni bo‘lib o‘tishi kerak edi. Keyinchalik Alvaresning qon tahlilida klenbuterol topildi. Golden Boy Promotions promouterlik kompaniyasi bokschi organizmida taqiqlangan modda zaharlangan go‘sht iste'mol qilingani tufayli paydo bo‘lgani, shu sababdan so‘nggi vaqtlarda meksikalik o‘nlab atletlar jabrlanganini ma'lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Gennadiy Golovkin IBF yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempioni unvonidan mahrum qilingani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
08:47 / 22.12.2024
Usik Fyurini yana yengdi
21:57 / 18.12.2024
Fyuri va Usik boks jangida ilk marta sun’iy intellektga asoslangan hakam bo‘ladi
04:18 / 15.12.2024
Murodjon Ahmadaliyev nokaut bilan g‘alaba qozonib, kamar sohibiga aylandi
15:42 / 13.12.2024