Jahon | 23:32 / 17.06.2018
18598
2 daqiqa o‘qiladi

Anjyelina Joli Iroq hukumatiga minnatdorchilik bildirdi

Foto: UNHCR

Aktrisa va BMTning qochqinlar ishi bo‘yicha Oliy komissariyat boshqarmasining ko‘ngilli elchisi Anjyelina Joli suriyalik qochqinlarni o‘z hududiga qabul qilgani uchun Iroq hukumatiga minnatdorchilik bildirdi. BMTning qochqinlar ishi bo‘yicha Oliy komissariyati boshqarmasi saytida shu haqida xabar berildi. 

Joli qochqinlarga moliyaviy yordam yetishmasligining og‘ir asoratlari haqida so‘z yuritgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Suriyadagi odamlarni o‘z uylarini tark etishga majbur qiluvchi nizolarga chek qo‘yish zarur. 

Aktrisa shuningdek "Iroq hukumatining Suriya Arab Respublikasi qochqinlariga nisbatan bag‘rikengligini" alohida ta'kidlagan. 

Gap shundaki, 16 iyun kuni Anjyelina Joli IShIDning sobiq poytaxti hisoblangan Iroqning Mo‘sul shahriga tashrif buyurgan.

Foto: UNHCR

Joli shaharning g‘arbiy tumanlarida bo‘lib, BMT qo‘mitasi yordam berib keluvchi mahalliy aholi vakillari bilan muloqot qilgan. 

Anjyelina BMTdagi faoliyatini boshlagandan beri Mo‘suldagi kabi bo‘shliqni ko‘rmaganligini aytdi. Shuningdek u 2014 yilda IShID o‘z "xalifaligini" e'lon qilgan An-Nuriy masjidi vayronalarini borib ko‘rdi. 

Mavzuga oid