Light | 15:50 / 21.06.2018
25328
4 daqiqa o‘qiladi

Yolg‘on gapirish sog‘liq uchun zarar - ilmiy fakt

Fransiyalik olimlar odamlar kamroq yolg‘on gapira boshlaganlarida o‘zlarini ham jismoniy, ham ruhiy jihatdan yaxshiroq his qilishlarini isbotlashdi. Navbatdagi yolg‘on to‘qilayotganda organizmda nimalar ro‘y berishi haqida "Zdorove s Yelenoy Malyshevoy" dasturida ma'lumot berildi.

1. Stress gormoni darajasi oshadi

Hayotda sodir bo‘lmagan hodisa va tafsilotlarni xotirada saqlash qiyin. Boz ustiga kimni nima deb aldaganingizni eslab qolishingiz va yolg‘oningiz fosh bo‘lmasligi uchun hushyor turishingiz kerak bo‘ladi.

AQShning Illinoys shtati olimlarining fikricha, bularning bari natijasida ichki noqulaylik yuzaga keladi. U buyrak osti bezlarini qonga stress gormonlarini tashlashga majbur qiladi. Yolg‘on detektori aynan shunga qarab yolg‘onni aniqlay oladi: u puls chastotasi, nafas ritmi, teri elektrifikatsiyasi, terlash va ko‘z qorachig‘lari reaksiyasini kuzatadi. O‘z yolg‘oningiz tufayli qancha ko‘p asabiylashsangiz, organizm shuncha ko‘p stress reaksiya bildiradi.

Foto: Shutterstock

2. Kasal bo‘lish xavfi oshadi

Stress – bu emotsional holat emas, to‘laqonli aniq fiziologik jarayon. Qonga kortizol va adrenalin tashlanganda, organizm immun reaksiyalarni yoqadi. Barcha kuchlar sizning imkon doirasida dushman bilan kurashishingizga (yoki undan qochishingizga) ketadi.

Foto: Shutterstock

Agar stress surunkali tus olsa, bu normal holatga aylanadi, organizmning kasalliklarga chidamliligi keskin pasayadi. Doimiy xavotirlar fonida immun tizimi bakteriyalar, viruslar va hatto saraton hujayralariga sekinroq reaksiya qiladi.

Amerikalik tadqiqotchilar buni amalda isbotlashdi. Ular 110 kishini ikki guruhga ajratishdi: bir guruhdagilarga yolg‘on gapirishga ruxsat berildi, boshqasiga esa faqat to‘g‘risini so‘zlash tayinlandi. Barcha ishtirokchilar poligrafda tekshirildi. 10 haftadan keyin eng to‘g‘riso‘z ishtirokchilar o‘zlarini ancha yaxshi his qila boshlashdi: bosh og‘rig‘idan xalos bo‘lishdi, uyqulari yaxshilanib, kamroq asabiylashadigan bo‘lishdi. Shu bilan birga, to‘g‘riso‘zlik ularning yaqinlari bilan munosabatlariga ijobiy ta'sir qilganini ta'kidlashdi.

3. Ko‘rinishingiz yomonlasha boshlaydi

Stenford universitetida aniqlanishicha, yolg‘on organizmga sport zalidagi jismoniy mashqlar kabi og‘irlik yuklaydi, biroq u sog‘liq va qomat uchun foydasiz. Yolg‘on gapirish ruxsat etilgan tadqiqot ishtirokchilariga sport bilan shug‘ullanish noqulaylik tug‘dira boshlagan, ularda busiz ham ikki soatlab mashq qilgandek charchoq sezilgan.

Foto: Shutterstock

Yolg‘onning ko‘lami qancha keng bo‘lsa, unga shuncha ko‘p kuch ketadi va o‘zingizni shuncha charchagan his qilasiz. Bunga yana surunkali stressning ko‘p ovqatlanishga majbur qilishini ko‘shsak, qomatingiz uchun jiddiy xavf orttirasiz.

Shunday ekan, yolg‘on gapirish odatingizdan voz kechganingiz ma'qul.

Mavzuga oid