Endi vertolyotda O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilish mumkin
O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasining «Maxsus aviatsiya ishlari» aviakompaniyasi turoperatorlar, agentliklar va barcha xohlovchilarga O‘zbekistonning go‘zal go‘shalariga vertolyotda sayr qilish xizmatidan foydalanishni taklif qildi.
«O‘z kasbining ustasi bo‘lgan vertolyot uchuvchilari nafaqat sizning xavfsizligingizni ta'minlaydi, balki sizni manzilingizga tez va qulay eltib qo‘yishadi», - deyiladi xabarda.
Mi-8MTV-1 – ishonchli vertolyot, bir parrakli sxema bo‘yicha bajarilgan, ikkita gazturbinali dvigatelga va uch tayanchli shassiga ega. Sayohat uchun 16 o‘rindiqli VIP-klass va 22 o‘rindiqqa ega bo‘lgan ekonom klass Mi-8 vertolyotlaridan foydalaniladi. Vertolyotda sayr qilishning o‘ziga xos jihati shundaki, u yetib borish qiyin bo‘lgan joylarga ham qo‘nib va uchib keta oladi, deyilgan xabarda.
Xususan, Toshkent viloyatining so‘lim go‘shalari bo‘lgan Pskem vodiysi, Maydontol, Ixnachsoy, Ispaysoy va qaynoq suv otilib chiqadigan buloqlari bilan mashhur Angren yassi tog‘lari, Kaptarkumush darasi, Po‘latxon yassi tog‘lari, Chimyon cho‘qqisiga vertolyotda sayr qilish taklif etilmoqda. Yilning issiq kunlarida Toshkentdan bu yerga bir kunlik vertolyot orqali tabiat qo‘yniga sayrlar tashkil qilish mumkin.
Ta'kidlanishicha, xizmatlar jismoniy shaxslarga ham, yuridik shaxslarga ham ko‘rsatiladi.
Mavzuga oid
22:27 / 25.12.2024
Mustaqil Qozog‘iston tarixidagi eng yirik aviahalokatlar sanab o‘tildi
21:04 / 22.12.2024
Turkiyada tibbiy vertolyot shifoxona binosiga urilib, qulab tushdi
16:57 / 10.12.2024
Top Gear ijodiy jamoasi O‘zbekistonda o‘z dasturini suratga oldi
11:30 / 05.12.2024