Fan-texnika | 10:39 / 30.06.2018
10749
1 daqiqa o‘qiladi

Boeing tovush tezligidan tez uchuvchi layner yaratmoqchi

Foto: Boeing

Boeing kompaniyasi soatiga 6,5 ming kmdan tezroq ucha oladigan yo‘lovchi samolyotini ishlab chiqarmoqchiligini e'lon qildi. Bu haqda The Independent nashri ma'lum qildi. 

Yangi samolyot Atlantika okeanini taxminan 2 soatda, Tinch okeanini esa 3 soatda uchib o‘ta oladi. Atlantika orqali uchib o‘tish bo‘yicha tezlik rekordi “Konkord”samolyotiga tegishli bo‘lgan. Ushbu samolyotda okean 2 soat 52 daqiqada uchib o‘tilgan. Bugungi kunda tovush tezligigacha uchuvchi laynerlar Londondan Nyu-Yorkka deyarli 7 soatda uchib boradi.

Boeing’da yangi samolyot yaratilsa, istalgan odam bir kun ichida Atlantikani kechib, yana ortga qayta olishiga umid qilinmoqda. 

Mutaxassislarning fikricha, yangi samolyotning tajribaviy namunasi 2023 yildan keyin osmonga ko‘tariladi. Boeing ushbu samolyotda muntazam reyslarni 2030-yillar oxirida yo‘lga qo‘ymoqchi.

Mavzuga oid