Jahon | 00:53 / 04.07.2018
4795
1 daqiqa o‘qiladi

Malayziyaning sobiq bosh vaziri korrupsiya ishi bo‘yicha qo‘lga olindi 

Malayziyaning sobiq bosh vaziri Najib Razzoq korrupsiyaga aloqadorlik ayblovi bilan qo‘lga olindi. 

Ma'lum qilinishicha, Razzoq o‘zining uyida korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. 

Mamlakatning amaldagi bosh vaziri Matatxir Muhammad sobiq bosh vazir sud oldida javob berishi mumkinligini aytgan.

Razzoq viloyatlarni rivojlantirish davlat jamg‘armasi 1MDB’dagi firibgarliklar ishi bo‘yicha o‘tmoqda.

Tergovning aniqlashicha, 1MDB bilan bog‘liq kompaniya va banklar Razzoqning shaxsiy hisob raqamlariga 681 mln dollar o‘tkazib bergan.

Shu bilan bog‘liq holda mamlakatning turli tumanlarida sobiq bosh vazirni jazolash talabi bilan namoyishlar o‘tgan.

Mavzuga oid