Sport | 22:53 / 14.07.2018
6850
2 daqiqa o‘qiladi

Angelika Kerber Uimbldon g‘olibasi bo‘ldi

Foto: EPA

Germaniyalik tennischi Angelika Kerber Uimbldon musobaqasi finalida amerikalik Serena Uilyamsni 6:3, 6:3 hisobida mag‘lub etib, o‘z faoliyatida ilk bor eng nufuzli tennis musobaqasi g‘olibasi bo‘ldi. Endi 30 yoshli tennischining hisobida Katta dubulg‘a seriyasiga kiruvchi 3 ta musobaqada g‘alaba bor.

Kerber 2016 yilda Avstraliya ochiq chempionati va AQSh ochiq chempionatini yutgan. U o‘sha yili Uimbldon finalida ham ishtirok etgan. Kerber 34 hafta davomida Ayol tennischilar uyushmasi reytingining eng yuqori pog‘onasini egallagan.

Ushbu final ikki tennischi o‘rtasidagi to‘qqizinchi o‘zaro uchrashuv bo‘ldi. Shundan Kerber hisobida 3 ta g‘alaba, Uilyamsda esa 6 ta g‘alaba bor.

Uilyams ushbu mag‘lubiyat sababli avstraliyalik tennischi Margaret Kort bilan Katta dubulg‘a seriyasiga kiruvchi musobaqalardagi g‘alabalar soni bo‘yicha tenglasha olmadi. Kortning hisobida 24 ta unvon, 36 yoshli Uilyamsda esa 23 ta unvon bor.

Mavzuga oid