Jahon | 09:30 / 17.07.2018
7129
1 daqiqa o‘qiladi
Saudiya Arabistonida 47 ta videoo‘yin taqiqlab qo‘yildi
Saudiya Arabistoni hukumati ikki bola o‘z joniga qasd qilgandan keyin 47 ta videoo‘yinni taqiqlab qo‘ydi. Bu haqda Global News kanali xabar berdi.
Taqiqlov ostiga Grand Theft Auto V, Assassin's Creed 2 va "Vedmak" kabi o‘yinlar tushgan. Bunga 13 yoshli qiz va 12 yoshli bolaning o‘z joniga qasd qilishi sabab bo‘lgan.
Bolalar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Ko‘k kit” o‘yini tufayli o‘z jonlariga qasd qilishgan. Saudiya Arabistoni mutasaddi iddoralari “Ko‘k kit” va videoo‘yinlar o‘rtasida qanday bog‘liqlik borligiga tushuntirish bermagan.
Mavzuga oid
18:07
Saudiya Arabistonidagi ko‘zgusimon megashaharni robotlar quradi
15:04 / 22.12.2024
Magdeburgdagi yarmarkaga hujum. Hozirgacha nimalar ma’lum?
23:55 / 03.12.2024
Saudiya Arabistoni mashinissiz boshqariladigan dunyodagi eng uzun metroni ishga tushirdi
15:20 / 03.12.2024