O‘zbekiston | 15:53 / 20.07.2018
4915
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Xalqaro iste'molchilar tashkilotiga a'zo bo‘ldi

Foto: Foto: IA «Dunyo»

Xalqaro iste'molchilar tashkiloti - Consumers International - Si-Ay taklifiga ko‘ra, Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Si-Ayning Buyuk Britaniya poytaxti Londonda joylashgan global ofisiga tashrif buyurdi.

Ikki tomonlama uchrashuv doirasida Ci-Ay bosh direktori Amanda Long Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi Jahongir Sarimsoqovga federatsiyani nufuzli xalqaro tashkilot a'zoligiga qabul qilish to‘g‘risida sertifikat topshirdi.

Ta'kidlanishicha, tashrif chog‘ida O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari Si-Ay mutaxassislari bilan, xususan, tashkilotning iste'molchilar huquqlari targ‘iboti masalalari bo‘yicha rahbari Jastin Mak Millan va strategik rivojlanish hamda kommunikatsiyalar bo‘yicha rahbari Filip Hant bilan konstruktiv muzokaralar o‘tkazdi.

Mavzuga oid