Mojaroli transfer. «Roma» sudlashmoqchi
«Roma» sport direktori Ramon Rodriges Monchi «Bordo»dan Malkomning transferi qanday barbod bo‘lgani haqida gapirib berdi. Bir necha kun oldin rimliklar «Bordo» futbolchisini 36 million yevro evaziga transfer qilayotganini e'lon qilgandi. Ammo 24 iyul kuni ushbu braziliyalik futbolchi «Barselona»ga 41 million yevro evaziga o‘tishi ma'lum bo‘ldi. Kataloniyaliklar «Chelsi» Villian uchun juda yuqori narx so‘ragani (70 million yevro) uchun Malkom variantiga yuzlangandi. Futbolchi bilan 5 yillik shartnoma imzolanadi, uning badal puli miqdori 400 million yevro etib belgilab qo‘yiladi.
«Roma» rahbariyati vakilining so‘zlariga ko‘ra, klub kelishuvga amal qilinmagani uchun «Bordo» bilan sudlashish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda.
«Bizni Malkom nomzodi to‘la qanoatlantirardi, bizning klub u tarkibni kuchaytira olishiga ishonch bildirgandi. Biz «Bordo» rahbariyati vakillari hamda futbolchining agenti bilan bir hafta muqaddam muzokaralarni boshlagandik. O‘tgan kuni kechqurun biz barcha masalalar bo‘yicha kelishuvga erishgandik.
Biz klub futbolchiga tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Rimga kelishga ruxsat berishiga ham kelishgandik. O‘shanda biz barchasi nazorat ostida ekanini his qilib, butunlay xotirjam edik.
Ko‘p o‘tmay «Bordo» prezidenti menga qo‘ng‘iroq qildi va futbolchi atrofida ko‘p mish-mishlar yurgani, shuning uchun rasmiy e'lon berish ma'qulligi haqida aytdi. Men esa bu mavjud tartiblarga to‘g‘ri kelmasligini aytib javob qaytardim, ammo u gapida turib oldi. Yakunda ular bayonot berdi, keyin biz ham.
Bu e'lon berilganidan bir soat vaqt o‘tib «Barselona» ham futbolchiga qiziqayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Ha, men Malkomga boshqa bir necha klub, jumladan «Barselona» ham da'vogar ekanidan bir necha kun oldin xabardor edim. Shu tufayli men transferni imkon qadar tezroq rasmiylashtirishni istayotgandim. Men futbolchining agentlaridan biri menga qo‘ng‘iroq qilib, «Bordo» tibbiy ko‘rik uchun ruxsatnomasini qaytarib olganini aytganida juda qattiq hayron bo‘ldim. Men Fransiya bilan bog‘landim — menga aytishdiki, «Barselona» biznikidan yaxshiroq taklif jo‘natgan ekan.
«Bordo» rahbariyati futbolchidan quruq qolmaslik uchun taklifni yaxshilash zarurligini aytishdi. Men allaqachon kelishuv tuzilganini aytib, unga e'tiroz bildirdim, ammo hech qanday qog‘ozga qo‘l qo‘yilmaganini ro‘kach qildi. Men uning so‘zlarini prezidentimizga yetkazdim, u esa «Barselona»dan ko‘proq taklif qilishimiz kerakligini aytdi. Men bunga qarshi bo‘ldim, ammo u o‘z gapini o‘tkazdi.
Men «Bordo» rahbariyatiga va futbolchining agentiga «Roma» «Barselona»dan ko‘proq to‘lashga tayyorligini bildirdim. Ularning rahbari rasmiy qog‘ozlarni jo‘natishni so‘radi. Soat 23.00da biz barcha qog‘ozlarni tayyor qildik. Agentlar va «Bordo» prezidenti menga agar barcha jihatlar bo‘yicha kelishuvga erishilsa, seshanba kuni biz hujjatlarni almashishimiz va futbolchiga tibbiy ko‘rik uchun ruxsat berilishini aytishdi. Men seshanba kuni ertalab Malkomning agenti Fernando Garsiya bilan gaplashdim, biz shu kuni tushda «Bordo» prezidenti bilan uchrashib, barchasini tasdiqlab olishimiz kerak edi.
Ammo Garsiya bilan xayrlashganimdan keyin boshqa agentlar va «Bordo» rahbariyati yanada ko‘proq talab qila boshlashdi, chunki «Barselona» ham ortga chekinmagan va yangi taklif yo‘llagan. Shunda men ularga «bas» dedim, chunki biz auksionda qatnashmoqchi emasdik. Axir biz kechagina o‘z taklifimizni yaxshilagandik. Barchasi shunday nihoya topdi. Biz klub ichida maslahatlashuv o‘tkazdik, sudga murojaat qilish variantlarini ko‘rib chiqdik. To‘g‘ri, hech qayerga imzo qo‘yilmagan, ammo agentlar bilan va ularning prezidenti bilan ko‘plab yozishmalar bor.
Men muxlislarga nima deyman? Ro‘y bergan ishdan juda afsusdaman, biz «Bordo» bilan to‘la kelishuvga erishib bo‘lgandik, taklifimizni yanada yaxshilagandik ham. Prezident Pallotta barcha ishni qildi, ammo auksion boshlanib ketgach, biz to‘xtatdik. Agar kimdir «Roma»ga o‘tishni istasa, bu juda yaxshi, ammo alalxusus u klubga o‘tishni istamayotgan bo‘lsa, unday futbolchi bizga kerakmas. Muxlislarni «Roma»ga o‘tishni o‘zi istaydigan, hech bir jihatdan Malkomdan qolishmaydigan, aksincha undan ustunroq bo‘lgan boshqa futbolchi olib kelishimizga ishontiraman», – deya Monchining so‘zlarini keltirgan klub rasmiy sayti.
Mavzuga oid
12:02 / 22.12.2024
«Barsa»da inqiroz, «Siti»da antirekord. Kun o‘yinlari
12:24 / 16.12.2024
«Barsa» yana autsayderga yutqazdi, «Siti» kambek qurboni. Kun o‘yinlari
11:17 / 12.12.2024
«Siti» yana yutqazdi, «Barsa»da muhim g‘alaba. YeChLda kun o‘yinlari
12:04 / 08.12.2024