Rossiya TIV rasmiy vakilasi: «Tarixiy deklaratsiya»ning taqdiri bizga ma'lum
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Matbuot kotibi Mariya Zaxarova ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifasida AQSh Davlat departamenti e'lon qilgan «Qrim deklaratsiyasi» nomli hujjatga munosabat bildirdi.
«OAV: «AQSh Davlat departamenti «Qrim deklaratsiyasi» nomli rasmiy hujjatni e'lon qildi. U Qrim Rossiyaning bir qismi ekanligini tan olmaydi va AQShning rasmiy pozitsiyasini bildiradi». Axir, Eron yadro dasturi bo‘yicha erishilgan kelishuv, Parij iqlim o‘zgarishi bo‘yicha kelishuv ham AQShning rasmiy siyosati edi-ku. Obama shaxsan shunday qaror qabul qilgandi. Endi Tramp bu qarorlarni qayta ko‘rib chiqyapti. Bizga «tarixiy deklaratsiya»ning qiymati ma'lum», deb yozadi u.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, AQSh Davlat departamenti kotibi Mayk Pompeo Qrim ustidan Rossiyaning suverenitetini tan olmasligini bildirdi.
Mavzuga oid
21:05 / 24.12.2024
Iroq AQSh qo‘shinlarini o‘z hududida qoldirishga tayyor - OAV
19:49 / 24.12.2024
American Airlines aviakompaniyasi AQShga barcha reyslarni to‘xtatdi
17:40 / 24.12.2024
Bayden 2025 yil uchun rekord darajadagi AQSh mudofaa budjetini tasdiqladi
17:05 / 24.12.2024