Fan-texnika | 10:07 / 27.07.2018
6219
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda «Tyanxe-3» superkompyuterining yangi prototipi yaratildi

Foto: russian.news.cn

Xitoyning Tyantszin superkompyuterlar milliy markazi shu kunlarda «Tyanxe-3»ning Ye darajadagi prototipi muvaffaqiyatli yaratilganini ma'lum qildi. 

Xitoylik olimlar ishlab chiqqan ushbu kompyuter eksaflop (1 eksaflop 1 kvintillionga teng) avlodlari turkumiga kiritilmoqda. 

Sinxua axborot agentligining yozishicha, prototipning yaratilishi «Tyanxe-3» superkompyuterining o‘zini paydo bo‘lish muddatlarini yaqinlashtiradi. Bu qurilma taxminan 2020 yilgacha tayyor bo‘lishi kutilmoqda.

Mavzuga oid