Jahon | 19:54 / 27.07.2018
22015
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoydagi savdo markazida olti yoshli qizning qo‘lini akula tishlab oldi

Xitoyning Guyyan shahridagi savdo markazi akvariumidagi akula olti yoshli qizchaning qo‘lini tishlab oldi. Bu haqda South China Morning Post nashri xabar berdi.

Syao Li savdo markaziga buvisi va xolasi bilan kelgandi. Qizaloq markazdagi akvariumda yashovchi akula, baliq va toshbaqalarni tomosha qilayotgandi. U suv jonivorlarini yaxshiroq ko‘rish uchun akvarium ustiga egilgan paytda akulalardan biri suvdan sakrab chiqib uning qo‘lini tishladi.

Akula tishlari qizning qo‘lida uzunligi besh santimetrga yetadigan chuqur chandiq hosil qildi. Bundan tashqari, Syao Lining o‘ng qo‘l tirsagi singan.  

Savdo markazi menejyerining aytishicha, bola qo‘lini akvarium ichiga tiqib akulaning hujum qilishiga sababchi bo‘lgan. Uning aytishicha, bu holat kuzatuv kameralari yozuvida aks etgan. South China Morning Post nashrining yozishicha, videoyozuvdan qizning qo‘li haqiqatan suv ichida bo‘lganmi-yo‘qmi aniqlash qiyin.

Mavzuga oid