Jahon | 15:25 / 31.07.2018
5428
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp ma'muriyati qurol yaratish bo‘yicha chizmalar tufayli sudga berildi

Foto: REUTERS / Jonathan Ernst

AQShda Nyu-York shtati bosh prokurori Barbara Andervud mamlakat prezidenti Donald Tramp ma'muriyatiga qarshi da'vo arizasi bilan murojaat qildi. Bunga rasmiylar internetda 3D-printerda to‘pponcha yasash bo‘yicha yo‘riqnomani e'lon qilishga yo‘l qo‘yib bergani sabab bo‘lgan. Bu haqda bosh prokuror saytida xabar qilingan.

Ta'kidlanishicha, da'vo arizasi «Ikkinchi o‘zgartirish» jamg‘armasi va Defense Distributed kompaniyasiga qarshi qaratilgan. Shuningdek, uni boshqa shtatlarning ayrim prokurorlari ham qo‘llab-quvvatladi.

«Jinoyatchilarga 3D-printerda bosib chiqarilgan, aniqlanmaydigan, kuzatib borib bo‘lmaydigan to‘pponchalarni yaratish bo‘yicha yo‘riqnomani berish ahmoqlik. Biroq, Tramp ma'muriyati aynan shunga ruxsat bermoqda», - deyiladi hujjatda.

Bosh prokurorning da'vo arizasida talab qilishicha, internetda to‘pponchani yig‘ish bo‘yicha yo‘riqnomaning tarqalishini to‘xtatish kerak.

Mavzuga oid