«Uzbek Tigers» jamoasiga yangi rahbar tayinlandi
Bugun, 31 iyul kuni Milliy olimpiya qo‘mitasida jamoaning yangi rahbari tanishtirildi.
Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berishicha, ayni paytda jiu-jitsu federatsiyasi raisi sifatida faoliyat olib borayotgan Komiljon Ro‘ziyev jamoaning yangi menejyeri sifatida ish yuritadi.
«Ishonch uchun minnatdorchilik bildiraman. Umid qilamanki, kelajakda bokschilarimiz Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etishadi va yurtimizga oltin medallar bilan qaytishadi. Jamoaning kuchayishi uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni qilaman», – dedi Komiljon Ro‘ziyev.
Eslatib o‘tamiz, AIBA tomonidan tashkil qilingan Butunjahon boks seriyasi (WSB) musobaqalarida O‘zbekiston sharafini «Uzbek Tigers» jamoasi himoya qiladi.
Ushbu bahslar orqali bokschilar Olimpiya o‘yinlari litsenziyasiga ham ega bo‘lishlari mumkin bo‘ladi.
Mavzuga oid
08:47 / 22.12.2024
Usik Fyurini yana yengdi
21:57 / 18.12.2024
Fyuri va Usik boks jangida ilk marta sun’iy intellektga asoslangan hakam bo‘ladi
04:18 / 15.12.2024
Murodjon Ahmadaliyev nokaut bilan g‘alaba qozonib, kamar sohibiga aylandi
15:42 / 13.12.2024