Jamiyat | 12:07 / 02.08.2018
10648
1 daqiqa o‘qiladi

Namangandagi yo‘l-transport hodisasida ona-bola hayotdan ko‘z yumdi

Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, 1 avgust kuni “Qorapolvon” mahallasida yashovchi D.M. “M-412” rusumli avtomashinani “Qizilqiyoq” MFY hududida haydab ketayotib, boshqaruvni eplay olmay yo‘lni kesib o‘tayotgan Sh.U. ismli ayol va uning qizi S.T.larni urib yuborgan.

Natijada ona-bola kasalxonaga yotqizilganlar, ammo ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etganlar.

Mavzuga oid