Jamiyat | 16:45 / 03.08.2018
10669
1 daqiqa o‘qiladi

Jizzaxda «Kobalt» haydovchisi maktab o‘quvchisini urib yubordi

Illyustrativ foto

Jizzax viloyatining Mirzacho‘l tumanida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, 2 avgust kuni Angren shahar Logistika markazida yashovchi G.L. boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtomashinasini “Jizzax-Paxtakor-Gagarin” yo‘lining 83-km.da haydab ketayotib piyoda, “Ipak yo‘li” MFYda yashovchi maktab o‘quvchisi X.M.ni urib yuborgan.

Natijada X.M. jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid