O‘zbekiston | 20:40 / 05.08.2018
22787
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik Haj ziyoratchilariga qanday sharoitlar muhayyo qilingan?

Avval xabar berilganidek, joriy yilning 30 iyul kuni o‘zbekistonliklarning birinchi guruhi Haj ziyoratini ado etish uchun Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketgan edi. Ishchi guruh rahbariyati boshchiligida «Hojilarga xizmat ko‘rsatish biz uchun sharaf» shiori ostida ziyoratchilarimiz uchun barcha zarur sharoitlar va qulayliklar yaratilmoqda.

Shuningdek, xizmat ko‘rsatish darajasini yil sayin oshirib borish maqsadida ishchi guruh rahbariyati tashabbusi bilan ko‘plab yangiliklar amalga tatbiq etilmoqda. Ana shunday yangilik va qulayliklar jumlasidan, mehmonxonada ziyoratchilarimiz uchun zarur bo‘lgan kimyoviy tozalash xizmati, valyuta ayirboshlash shoxobchasi, sartaroshxona kabi xizmatlar hamda bepul wi-fi hududlari tashkil etilgan.

Shu bilan birga, ziyoratchilarimizga O‘zbekistondan kelgan oshpazlar tomonidan milliy taomlar tortiq qilinmoqda. Ziyoratchilarimizning ovqatanish ratsionini yanada boyitish maqsadida Misr Arab Respublikasidan taklif qilingan maxsus qandolatchilar tomonidan mazali shirinliklar tayyorlanib, ziyoratchilarimizga tortiq qilinmoqda.

Mavzuga oid