O‘zbekiston | 18:49 / 06.08.2018
8133
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Indoneziya xalqiga hamdardlik bildirdi

Foto: Antara Foto/Reuters

Prezident Shavkat Mirziyoyev 6 avgust kuni Indoneziyaning Lombok orolida ro‘y bergan kuchli zilzila oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan Indoneziya xalqi va prezident Joko Vidodoga ta'ziya izhor etdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.

O‘zbekiston prezidenti jarohat olganlarning tez orada sog‘ayib ketishiga tilak bildirdi.

Avvalroq, Indoneziyaning Lombok orolidagi zilzila qurbonlari soni 91 kishiga yetgani xabar qilingandi. Halok bo‘lganlardan tashqari, tabiiy ofat natijasida 200dan ortiq odam jarohat olgan. Tabiiy ofat tufayli minglab insonlar xavfsiz joylarga ko‘chirildi.

Mavzuga oid