O‘zbekiston | 21:00 / 07.08.2018
19710
2 daqiqa o‘qiladi

Ravshan G‘ulomov Davlat raqobat qo‘mitasi raisligidan ketdi

O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Ravshan Ayubovich G‘ulomov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan o‘z lavozimini tark etgan. Prezidentning uni lavozimdan ozod etish bo‘yicha farmoni imzolangan. 

Turli yillarda Markaziy bank raisi birinchi o‘rinbosari (2001-2004), O‘zbekiston Milliy banki raisi birinchi o‘rinbosari va «Asaka» bank raisi (2004-2007), Moliya vaziri birinchi o‘rinbosari (2009-2010), Iqtisodiyot vaziri (2010-2012), Tashqi iqtisodiy aloqalar, savdo va investitsiya vaziri birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi ijrochi direktori bo‘lib ishlagan Ravshan G‘ulomov 2017 yil aprelidan buyon davlat raqobat qo‘mitasiga rahbarlik qilib kelayotgandi.

Foto: Ravshan G‘ulomov / UzReport

Biroz avvalroq Davlat raqobat qo‘mitasi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i o‘zgargandi.

Mavzuga oid