Jahon | 13:34 / 12.08.2018
16663
2 daqiqa o‘qiladi

Manchester: Otishma natijasida 10 kishi jarohatlandi

Foto: Peter Byrne/PA

Britaniyaning Manchesterida ro‘y bergan otishmadan keyin 10 kishi turli og‘irlikdagi jarohatlar bilan shifoxonaga joylashtirildi, deya xabar bermoqda mahalliy politsiya. 

Voqea shaharning janubiy qismidagi Moss Sayd tumanida sodir bo‘lgan. Hodisa joyi o‘rganilmoqda, politsiya guvohlarni so‘roq qilmoqda va videokuzatuv kameralaridagi yozuvlarni ko‘zdan kechirmoqda. 

Politsiyachilarning ma'lum qilishicha, otishmadan bir necha soat avval u yerda Karib karnavali o‘tkazilayotgan bo‘lgan, shu bois ko‘chalarda odam ko‘p bo‘lgan. 

"Ayni damda bir necha kishi turli jarohatlar bilan shifoxonada. Jarohatlarning aksariyati insonlar hayotiga xavf soladigan darajada emas", - deyiladi manbada. 

Hozircha boshqa tafsilotlar yo‘q.

Ta'kidlash joizki, voqea sodir bo‘lgan joy bir necha yillar davomida giyohvand moddalar va qurollar savdosi qayd qilinishi bilan nom qozongan. 

Mavzuga oid