BMT bosh kotibi Kaspiy dengizi maqomi bo‘yicha bayonot berdi
BMT bosh kotibi Antoniu Guterresh Kaspiy dengizining huquqiy maqomi to‘g‘risidagi konvensiya imzolangani bo‘yicha izoh berdi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.
BMT bosh kotibining bayonotida ta'kidlanishicha, u Ozarboyjon, Eron, Qozog‘iston, Rossiya va Turkmaniston tomonidan imzolangan konvensiyani ma'qullaydi.
«Ushbu tarixiy hujjat xalqaro tinchlik va xavfsizlikni ta'minlash uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan mintaqaviy hamkorlik muhimligini ko‘rsatadi», - deyiladi xabarda.
Guterreshning fikricha, hujjat Kaspiybo‘yi davlatlari o‘rtasidagi keng ko‘lamli muammolarni hal etishga, shuningdek, mintaqaviy hamkorlikka va ko‘p tomonlama munosabatlar prinsipiga erishishga yordam beradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘iston Kaspiyda AQSh harbiy bazalarini joylashtirish masalasi yo‘qligi haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
19:00 / 25.12.2024
“Matritsa”ning buzilishi va tarixiy order
13:38 / 24.12.2024
“Bolalar sovuqdan muzlayapti” – BMT vakillari qish falastinliklar hayotini yanada og‘irlashtirayotganini ma’lum qildi
11:15 / 12.12.2024
O‘zbekiston xalqaro majburiyatlarni bajarish doirasida 530 dan ortiq fuqarosini Yaqin Sharqdan qaytardi
18:38 / 11.12.2024