O‘zbekistonga import eksportdan qariyb 25 foizga ko‘p bo‘ldi
Joriy yilning yanvar-iyul oylari yakunlari bo‘yicha O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 17,8 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi va o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 24,2%ga ko‘paydi. Bundan Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlari darak beryapti
Eksport hajmi 7,6 milliard dollarni (o‘sish sur'ati 15,7 foiz), import - 10,2 milliard dollarni (o‘sish sur'ati 31,4 foiz) tashkil etdi. Tashqi savdo saldosi minus 2,5 milliard dollarga teng bo‘ldi.
Asosiy savdo sherigi Xitoy bo‘lib, u bilan aylanma $3,3 mlrd.ni tashkil etdi, bundan 1,5 mlrd dollar eksport, 1,8 mlrd dollar - import. O‘sish 33,9%ni tashkil qildi.
Keyingi o‘rinlardan Rossiya 3,2 mlrd dollar (1,1 milliard dollar eksport, 2 milliard dollar import, 24 foiz o‘sish) va Qozog‘iston 1,7 milliard dollar aylanma (eksport $842 million, import $863 million, 52,5 foizga o‘sish) bilan joy olgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston 106 million dollarlik uran sotgandi.
Mavzuga oid
08:45 / 24.12.2024
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi salkam 60 mlrd dollarga yetdi
10:56 / 22.12.2024
2024 yil 11 oyda qancha yengil avtomobil ishlab chiqarilgani ma’lum qilindi
13:52 / 21.12.2024
O‘zbekiston eksportida xususiy sektor ulushi 60 foizga yetkaziladi
12:56 / 19.12.2024