Jahon | 07:59 / 24.08.2018
4611
1 daqiqa o‘qiladi

Yamanda xalqaro koalitsiyaning zarbasi oqibatida 31 kishi halok bo‘ldi

Foto: AFP

Saudiya Arabistoni boshchiligidagi xalqaro koalitsiya aviatsiyasining Yamanda qochqinlar karvoniga bergan zarbasi oqibatida halok bo‘lganlar soni 31 nafarga yetdi. Bu haqda husiylarga tegishli “Al-Masira” telekanali efirida tan olinmagan milliy qutqaruv hukumati vakili Abdusalom Ali Jabbor ma'lum qildi. Avvalroq 26 kishi halok bo‘lgani ma'lum qilingan. 

Husiylarning ma'lumotlariga ko‘ra, qochqinlar bo‘lgan avtomobillar karvoniga husiylar tomonidan nazorat qilinuvchi Xudaydo shahri yaqinidagi Ad-Durayhimi aholi punktida hujum qilingan. Ma'lum qilinishicha, hujum oqibatida 22 bola va 4 ayol halok bo‘lgan.

Mavzuga oid