Sport | 14:45 / 24.08.2018
27747
1 daqiqa o‘qiladi

Osiyo o‘yinlari. Boksda ilk jang va ilk mag‘lubiyat

Bugun, 24 avgust kuni O‘zbekiston boks jamoasi ham Osiyo o‘yinlaridagi ishtirokini boshladi.

Dastlab, ayollar jamoasi vakili, -57 kg vazn toifasidagi Yodgoroy Mirzayeva bahslarga qo‘shildi.

Ammo u 3 raund davom etgan jangda Xitoy Taypey vakili Xsioven Xuangdan mag‘lub bo‘ldi: 27-29, 27-29, 29-30.

Bugun o‘zbekistonlik yana bir bokschi, -69 kg vazn toifasidagi Bobousmon Baturov ringga ko‘tariladi. Uning raqibi mo‘g‘ulistonlik Byanba Erdene bo‘ladi.

O‘zbekiston delegatsiyasining penchak silat sportidagi vakili, -55 kg vazn toifasidagi Munisa Rabbimova esa chorak final bahsida vetnamlik Tran Ti Temga 0:5 hisobida yutqazdi va turnirdagi ishtirokini yakunladi.

Mavzuga oid