Sport | 12:25 / 01.09.2018
14719
1 daqiqa o‘qiladi

Boks. Jasurbek Latipov ilk oltinni rasmiylashtirdi

2018 yilgi Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston boks jamoasi ilk oltin medalni qo‘lga kiritdi.

-52 vazn toifasida final jangida ringga ko‘tarilgan Jasurbek Latipov filippinlik Ladon Rogenga qarshi jang qildi.

Ikkinchi raundda filippinlik bokschi jarohat tufayli jangni davom ettira olmadi. Hakamlar ochkosiga ko‘ra Jasurbek Latipov g‘olib deb topildi - 3:1 (20:18, 19:19, 18:20, 20:18, 20:18). U Osiyo o‘yinlari g‘olibiga aylandi.

Foto: Hasan Pirmuhammedov

Uning oltin medali O‘zbekiston delegatsiyasining 16-oltin medaliga aylandi.

Oldinda yana 5 o‘zbekistonlik bokschi ringga chiqadi:
-56kg: Miraziz Mirzahalilov - Xyo Nam Jo (Shimoliy Koreya)
-60kg: Shunqor Abdurasulov - Tsendbaatar Yerdenebat (Mo‘g‘uliston)
-64kg: Iqboljon Xoldorov - Chinzorig Baatarsux (Mo‘g‘uliston)
-69kg: Bobousmon Baturov - Aslanbek Shimbergenov (Qozog‘iston)
-75kg: Isroil Madrimov - Abilxan Amankul (Qozog‘iston)

Mavzuga oid