O‘zbekiston | 17:08 / 05.09.2018
10446
2 daqiqa o‘qiladi

Ummon sultonligining hukmron oila a'zosi O‘zbekistonga keldi

Ummon sultonligining hukmron oila a'zosi, Ot sporti federatsiyasi prezidenti As-Said Munzir bin Sayf bin Hamad Al-Busaidiy O‘zbekistonga keldi. Qirollik oilasi a'zosi tashrifidan maqsad - konkur bo‘yicha FEI World Jumping Challenge finalini shaxsan tomosha qilish. O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi matbuot xizmati bu haqida KUN.UZ'ga xabar berdi. 

FEI World Jumping Challenge musobaqalariga 6 sentabr kuni Toshkent viloyatining zamonaviy "Allyur" ot sporti klubida start beriladi. 

Yuqori martabali mehmon sharafiga tashkillashtirilgan uchrashuvlar doirasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari, O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi Zoir Mirzayev bilan muzokaralar o‘tkazildi. Uchrashuv davomida Al-Busaidiy O‘zbekistonda barcha sohalarda, jumladan ot sportini rivojlantirish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar bilan tanishtirildi.

Foto: O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi

Ummon sultonligi Ot sporti federatsiyasi prezidenti davlat tomonidan bu borada olib borilayotgan ishlarni yuqori baholadi. 

Foto: O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi

Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, tomonlar yaqin hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va rivojlantirishga kelishib olishdi. Ushbu hamkorlik doirasida o‘zbekistonlik mutaxassislar Ummon sultonligidagi seminar va o‘quv konferensiyalarida qatnashib, o‘z tajriba hamda bilimlarini boyitadigan bo‘lishdi. 

Mavzuga oid