Jahon | 21:10 / 07.09.2018
12729
2 daqiqa o‘qiladi

Nebenzya Idlibdagi terrorchilar sonini aytdi

Foto: RIA Novosti / Nina Zotina

Idlibda 50 mingga yaqin terrorchi harakatlanmoqda. Rossiya Federatsiyasining BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya shu haqida xabar berdi

Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘arb Suriyadagi terrorchi anklavining pasayishiga yo‘l qo‘ygisi yo‘q. 

BMT zudlik bilan Suriyadagi terrorchilarga qurol yetkazib berilishi masalasi bilan shug‘ullanishi kerak. 

"Terrorchilarda shuncha xorijiy harbiy qurol qayerdan? To‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlab chiqaruvchilarning o‘zidanmi? Yoki tashqi qo‘llab-quvvatlash borasida qiyinchilik sezmaydigan mo‘'tadil muxolifatdanmi? Bu masala BMT profil tuzilmalari tomonidan zudlik bilan o‘rganib chiqishni talab qiladi", - dedi Nebenzya. 

Uning aytishicha, 4 sentabr kuni Rossiya samolyotlari Idlib provinsiyasidagi aholi punktlaridan uzoqda joylashgan "An-Nusra" obektlariga qarata zarba bergan. Bundan maqsad uchuvchisiz qurilmalar, portlovchi moddalar saqlangan omborlarni nishonga olish bo‘lgan.

Mavzuga oid