Sport | 17:40 / 09.09.2018
5699
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik ikki chavandoz FEI World Jumping Challenge finaliga chiqdi

FEI World Jumping Challenge fin­al musobaqalarining ikkinchi kunida o‘zbekistonlik ikki chavandoz yo‘nalishni jarima ochkolarisiz bosib o‘tib, muvaffaqiyatli o‘tkazishdi. Biroq tajribali sportchilar ishtirokidagi ikkinchi yo‘nalish kuchli raqobat ostida o‘tdi. Finalchilar o‘nligi 8 sentabr kuni uch yo‘nalish bo‘yicha aniqlandi. 

O‘zbekistonlik Saidamir Turg‘unboyev va Abdushukur Sobirjonovlar yuqori o‘rinlarni egallashmagan bo‘lsa-da, finalga chiqish uchun asosiy vazifani hal qilishdi hamda eng yaxshi sportchilar o‘nligidan o‘rin olishdi, deya xabar beradi O‘zbekiston otsporti va yilqichilik federatsiyasi matbuot xizmati. 

FEI World Jumping Challenge final musobaqalarning finali bugun, 9 sentabrda bo‘lib o‘tadi. Sportchilar uzoq kutilgan g‘alaba uchun teng sharoitda kurashadi, unda oldingi musobaqalarning jarima ochkolari hisobga olinmaydi. 

 

Mavzuga oid